Namanganda yuk avtomobillari texnik koʻrigi

Motomarkazning Namangan filiali — tarmogʻimizda yuk transporti texnik koʻrigi oʻtkaziladigan yagona filial.

Tormoz tizimi, rul boshqaruvi, yoritish asboblari, shinalar va gʻildiraklar hamda yoʻldagi xavfsizlikka taʼsir qiluvchi boshqa qismlarni tekshiramiz.

Avtoparklar uchun — chegirma va pul oʻtkazish orqali toʻlov. Bir nechta mashinani olib kelmoqchi boʻlsangiz, oldindan qoʻngʻiroq qiling: texnika navbatda turib qolmasligi uchun vaqtni kelishib olamiz.

Narxi — soʻrov boʻyicha. Filialga qoʻngʻiroq qiling, avtomobilingiz uchun narxni aytamiz.

Oʻzingiz bilan nima olish kerak

  • Avtomobilning texnik pasporti
  • Avtomobilning oʻzi
  • GBO hujjatlari — agar avtomobil metan yoki propanda boʻlsa

Qayerda qilish mumkin

Koʻp beriladigan savollar

Yuk avtomobili texnik koʻrigini qayerda oʻtish mumkin?

Yuk avtomobillari texnik koʻrigi faqat Motomarkazning Namangan filialida oʻtkaziladi: Doʻstlik shoh koʻchasi, 2.

Texnik koʻrik uchun qanday hujjatlar kerak?

Avtomobilning texnik pasporti. Agar mashina metan yoki propanda boʻlsa — gaz ballon uskunasi hujjatlari ham.

Texnik koʻrik qancha davom etadi?

Odatda taxminan 15 daqiqa.

Pul oʻtkazish orqali toʻlash mumkinmi?

Ha, yuridik shaxslar uchun. Avtoparklarga chegirma mavjud.

Texnik koʻrik narxi qancha?

Narx transport turiga bogʻliq — filial telefoni orqali aniqlang.

Filialni tanlash Telegram